Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kulgu darg‘asi
16:10 / 2020-12-25

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida O‘zbekiston xalq artisti, kulgi ustasi, uzoq yillar O‘zbekiston davlat musiqali teatrida samarali ijod qilgan, o‘zbek teatr san’ati rivojiga ulkan xissa qo‘shgan ustoz san’atkor Soyib Xo‘jayev tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ijodiy kecha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 noyabrdagi tegishli farmoyishida tavallud sanalari nishonlanadigan ijodkorlar va olimlarning yubiley tadbirlarini keng miqyosda o‘tkazish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tashkil etildi.

Xotira kechasini O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov ochib, Soyib Xo‘jayevning aktyorlik salohiyati hamda uning teatr va kino san’atida tutgan yuksak mavqeyi haqida fikr bildirdi.

Soyib Xo‘jayevning farzandi, iqtisod fanlari doktori, professor Ma’murxo‘ja Xo‘jayev otasining farzandlariga bo‘lgan mehr-muhabbatini yorqin hayotiy xotiralar misolida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston xalq artistlari Erkin Komilov, Yodgor Sa’diyev Soyib Xo‘jayev bilan ijodiy hamkorligi hamda ro‘y bergan qiziq hangomalarni hikoya qildi.

O‘zbekiston xalq artisti, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solisti Maryam Ixtiyorova Soyib Xo‘jayev bilan birgalikda bir necha rollar ijro etganligi, ulkan san’atkor improvizatsiya ustasi ekanligi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston xalq artisti Soyib Xo‘jayev ijod yo‘li haqida hikoya qiluvchi 15 daqiqalik hujjatli film namoyish etildi.