Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuleba Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan Ukrainaning hududiy yaxlitligi masalasini muhokama qildi
12:42 / 2023-03-17

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning ma’lum qilishicha, u Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan telefonda so‘zlashib, Ukrainaning hududiy yaxlitligini va Vladimir Zelenskiyning “Tinchlik formulasini” muhokama qilgan.

"Xitoy davlat Kengashi a’zosi va tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan bugun bo‘lib o‘tgan suhbatda hududiy yaxlitlik tamoyilining muhimligini muhokama qildim. Men Ukrainada  bosqinchilikni to‘xtatish va adolatli tinchlik o‘rnatilishi bo‘yicha Prezident Zelenskiyning tinchlik formulasi muhim ekanini ta’kidladim”, – deb yozdi Kuleba ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.  

Payshanba kuni Sin Gan Kuleba bilan suhbatda Pekinning  Ukraina inqirozi cho‘zilib ketayotganidan va mojaro nazoratdan chiqib ketishi mumkinligidan xavotirini, shuningdek, tomonlar bosiqlik ko‘rsatishi va imkon qadar tezroq tinchlik muzokaralarini boshlashiga umid bildirganini ma’lum qilgandi.  

2022 yil noyabrda Zelenskiy Kiyevda o‘zining 10 bo‘limdan iborat bo‘lgan “tinchlikka erishish rejasi” borligini e’lon qildi. Ular orasida yadro, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlash, asirlarni “hammasiga hammasi” formulasi bo‘yicha almashish, Ukrainaning hududiy yaxlitligini ta’minlash masalalari bor.  

Zelenskiy, shuningdek, Kiyev o‘ziga xalqaro xavfsizlik kafolati berilishini ta’kidlab, shu bo‘yicha loyiha ishlab chiqqanini ham ma’lum qilgandi.