Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kukkiwon” taekvondo akademiyasi delegatsiyasi O‘zbekistonda
16:22 / 2025-06-11

O‘zbekiston – Janubiy Koreya o‘rtasida ta’lim, fan, madaniyat hamda sport kabi qator yo‘nalishlardagi do‘stona aloqalar ko‘lami keyingi yillarda yangi bosqichga ko‘tarildi.

Xususan, Janubiy Koreyaning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari natijasida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yildi.     

Shu kunlarda yurtimizda bo‘lib turgan Butunjahon “Kukkiwon” taekvondo akademiyasi delegatsiyasi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutasaddilari bilan taekvondo sportini yanada rivojlantirishga doir qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, birgalikda seminarlar, o‘quv-yig‘inlar tashkil etish, investitsion loyihalarni jalb etish masalalarini muhokama qildi.   

Uchrashuv so‘ngida Butunjahon “Kukkiwon” taekvondo akademiyasi prezidenti Leye Dong Sup O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi. 

Suhbat yakunida Butunjahon “Kukkiwon” taekvondo akademiyasi sportchilari tomonidan taqdim etilgan o‘ziga xos ko‘rgazmali chiqishlar ko‘pchilikning e’tirofi va olqishiga sazovor bo‘ldi.   

T.Ro‘ziyev, O‘zA