Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuchlilar va epchillar bellashuvi
17:48 / 2014-11-25

Namanganda viloyat hokimligi hamda madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamkorligida uloq-ko‘pkari o‘yinlari o‘tkazildi.

Namanganda viloyat hokimligi hamda madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamkorligida uloq-ko‘pkari o‘yinlari o‘tkazildi.

Milliy qadriyatlarimiz, milliy sport o‘yinlari sirasiga kiruvchi uloq-ko‘pkari azaldan yigitlarni mardlik, chaqqonlik va halollik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etgan.

Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillikning dastlabki yillaridan milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish borasidagi ezgu ishlar doirasida ot sportini, xususan, uloq-ko‘pkari o‘yinlarini ommalashtirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Namangan, Andijon, Farg‘ona, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahridan ikki yuz ellikdan ortiq polvon va chavandoz o‘zaro bahslashgan ushbu o‘yinlar xalq sayli, katta bayramga aylanib ketdi.

– Ota-bobolarimizning mardlik, epchillik va halollik maktabida uloq, ot poygasi va boshqa chavandozlik o‘yinlari muhim o‘rin tutgan, – deydi mehnat faxriysi Usmonali Rahmonov. – Istiqlol yillarida boshqa ko‘plab milliy an’analarimiz qatori uloq-ko‘pkari o‘yinlari ham qayta tiklandi va tobora ommalashmoqda. Bugungi o‘yinlarni tomosha qilib, yoshligimga qaytganday bo‘ldim. Ilohim, yurtimiz tinchligi barqaror bo‘lsin.

Musobaqalarda namanganlik Qodir, Karim va Bahodir, Toshkent viloyatidan Sayfiddin, jizzaxlik Shertoy polvonlar, Sirdaryo viloyatidan Olim, Andijondan Faxriddin, Farg‘ona viloyatidan Orif chavandozlar yuksak mardlik va abjirlik namunasini ko‘rsatdi.

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.