Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuchlilar saralanmoqda
17:57 / 2016-01-22

Poytaxtimizda “Universiada – 2016” sport musobaqalarining saralash bahslari o‘tkazilmoqda. Unda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar kuch va mahoratini namoyish etmoqda.

Poytaxtimizda “Universiada – 2016” sport musobaqalarining saralash bahslari o‘tkazilmoqda. Unda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar kuch va mahoratini namoyish etmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirish asosida yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalashga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Bunda «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada sport musobaqalari alohida o‘rin tutmoqda.

Universiada o‘yinlari mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– “Kichik Olimpiada” deb e’tirof etilgan uch bosqichli uzluksiz sport musobaqalari Olimpiya o‘yinlari qoida va talablari asosida o‘tkazilmoqda, – deydi Toshkent shahar oliy sport mahorati maktabi direktori M.Toshmatov. – “Umid nihollari” va “Barkamol avlod” sport o‘yinlarida tajriba va mahoratini oshirgan yoshlarning aksariyati sport bilan muntazam shug‘ullanib, Universiada musobaqalarida munosib ishtirok etayotir.

Joriy yilda Farg‘ona viloyatida o‘tkaziladigan “Universiada – 2016” sport musobaqalari dasturiga kiritilgan 15 sport turi – erkin, yunon-rum kurashi, taekvondo (WTF), boks, dzyudo, yengil atletika, tennis, stol tennisi, suzish, og‘ir atletika, basketbol, voleybol, futbol, shaxmat, qo‘l to‘pi bo‘yicha saralash musobaqalari davom etmoqda.