Kuchli yosh sambochilar Namanganda bellashadi
Bugun mamlakatimizdagi bolarlar-o‘smirlar maktablari, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Olimpiya zaxiralari kollejlarida tahsil olayotgan 2007-2008 yillarda tug‘ilgan yosh sambochilar joriy yilning 27-28 noyabr kunlari Namanganda o‘tadigan O‘zbekiston chempionati bahslarida qatnashish uchun jam bo‘lishmoqda.
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kunning birinchi yarmida chempionat ishtirokchilari Namanganga yetib kelishadi hamda jamoa rahbarlari va murabbiylar mandat komissiyasi yig‘ilishida qatnashishadi.
Erta ertalabdan chempionat dasturiga binoan bir qator vaznlarda saralash, yarim final va final bahslari tashkil etiladi.
Sambo federatsiyasi vakillarining aytishicha, iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida Namanganda kechadigan bellashuvlarni terma jamoa murabbiylar shtabi bevosita kuzatib boradi hamda bahslarda shijoat ko‘rsatgan yoshlar mamlakat terma jamoa tarkibiga jalb etiladi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA