Kuchli yomg‘irdan so‘ng Qarshi ko‘chalarini suv bosdi (+video)
Bugun, 13-aprel kuni ertalab 2-3 soat tinimsiz yog‘gan yomg‘irdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi ko‘chalarda suv bosgan chorrahalarni kesib o‘tayotgan avtomobillar, suv ostida qolgan yo‘laklar va avtobus bekatlari aks etgan videolar paydo bo‘ldi.
Shahardagi Otchopar mahallasining ham bir qancha hududlari suv toshqinidan aziyat chekkaniga guvoh bo‘ldik. Kuchli yog‘ingarchilik paytida viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasining oldi dengizga aylanishi odatiy holga aylangan. Bu yerda mashinalarni tartibsiz harakati quruqchilik paytida ham aholiga qiyinchiliklar yaratishini hisobga olsak, bugungi toshqinlardan so‘ng shifoxonaga kelgan bemorlar qay ahvolga tushganini aytmasak ham bo‘ladi.
[gallery-16909]
Umuman olganda shaharning irrigatsiya-drenaj tizimini kapital ta’mirlamasa, yo‘l infratuzilmasi ham, aholi ham jabr ko‘rishni davom etaveradi.
<iframe width="932" height="524" src="https://www.youtube.com/embed/cHTegZWg_i0" title="Kuchli yomgʻirdan soʻng Qarshi koʻchalarini suv bosdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jamshid NORQOBILOV (surat, video), O‘zA