Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi
17:08 / 2023-03-01

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dang‘ara tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qo‘qon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Malibu” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, fuqaro I.A. 560 dona “Regapen” hamda 105 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib ketayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

O‘zA