Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi
15:07 / 2025-02-21

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tumani bo‘limi, DXX, IIB va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.Navoiy“ MFY hududida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro I.Sh. va boshqalarning avtomashinasi ko‘zdan kechirildi. Mashina salonida 231 dona “Tropikamid” nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi sotish maqsadida olib kelingani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, Departamentning Zarbdor tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda A-376 avtomagistral yo‘lining “Jizzax – Zarbdor” yo‘nalishida harakatlanib kelgan fuqaro E.R.ning boshqaruvidagi avtomashina to‘xtatib ko‘zdan kechirilib, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi “A.Z.“ MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi I.S. fuqaro M.X.ga sotish uchun yuborgan 20 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Yunusobod va Yakkasaroy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “N.Ph.” va “L.L.” MCHJlarga qarashli dorixona sotuvchilari kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini retseptsiz sotgan vaqtida ushlandi. Ushbu dorixonalardan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan jami 23 quti “Benzonal” va “Tizersin” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabarida.

O‘zA