French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuchli shamol sabab yuz bergan holat bartaraf etilmoqda
17:36 / 2023-01-04

Navoiy viloyatida 2023 yil 3 yanvar kuni kuchli shamol bo‘lgan. Natijada Nurota tumanining “Sentob”, “Kattasoy” va “Kichiksoy” mahallalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 10 kVli “Sentob” havo elektr uzatish tarmog‘idagi 40 dan ortiq tayanchlar qulagan. Hozirda ushbu holatlar bartaraf etilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holatni bartaraf etish uchun 20 nafar mutaxassis xodimlardan iborat 4 ta guruh tuzilgan.  6 ta maxsus texnika, 2 ta yamabur va 2 ta temir beton tayanch tashuvchi yuk mashinalari jalb etilgan.  

Qulagan tayanchlarning aksariyat qismi oraliq tayanchlar bo‘lib, ularga tirgak sifatida qo‘shimcha tayanchlar o‘rnatilmoqda. 

A.Bo‘riyev, O‘zA