Kuchli merganlar saralanmoqda
Bugun, 8 iyun kuni poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida kamondan otish va para kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi.
Kamondan otishning bir qator yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tadigan bahslarda 80 nafar atlet ishtirok etmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimida ishtirok etgan Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shaxrullo Mahmudov sportchilarga bahslarda omad tiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Milliy gvardiya qo‘mondonligi hamda O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi vakillari ham qatnashib, har ikki yo‘nalishdagi musobaqalarning sportchilar uchun ham, murabbiy-mutaxassislar uchun ham ahamiyati yuqoriligi, bahslarda sovrinli o‘rinlarni egallagan sportchilarning terma jamoalarga jalb etilishi xususida fikr bildirdi.

O‘zbekiston chempionati bahslari 11 iyunga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA