Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuchli iqtisodiyot, yoshlar kelajagi, Vatan ravnaqi uchun ovoz beramiz!
08:10 / 2021-10-05

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Rustam Xolmurodov 4 oktyabr kuni urgutlik saylovchilar uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot Urgut tumanidagi 154-maktabning faollar zalida tashkil etildi.

Tadbirni O‘zLiDeP Urgut tuman kengashi raisi Jamshid Haydarov olib bordi.

- Shavkat Mirziyoyevning xalqaro miqyosdagi global masalalarni siyosiy, diplomatik yo‘llar bilan hal qilayotgani bugun butun dunyoda e’tirof etilmoqda, tan olinmoqda. Bu chegaralardagi ziddiyatli vaziyatlarni bartaraf qilish, mintaqa uchun ekologik fojiaga aylangan Orol dengizi muammosini bartaraf etish, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lish, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari birdamligiga da’vat kabi jahon siyosiy maydonida paydo bo‘lgan mutlaqo yangi qarashlar, bularning barchasida Shavkat Mirziyoyevning pozitsiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda, - dedi Rustam Xolmurodov.

Uchrashuvda Urgut tumani misolida ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar e’tirof etilib, Samarqand davlat universitetining Urgut filiali ochilishi kutilayotgani alohida ta’kidlandi.

G‘aybiddin Fazliyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi:

- bugungi uchrashuvda Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishdik. Fuqaro sifatida meni nomzodning maqsadlari, viloyatimiz, mamlakatimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha rejalari e’tiborimni tortdi. Ayniqsa, saylovoldi dasturida "Inson qadri uchun!" shiori birinchi o‘ringa qo‘yilgani odamlarga ma’qul bo‘lmoqda. Men farzandlarim kelajagi uchun, yangi imkoniyatlar, Yangi O‘zbekiston uchun ovoz beraman va barchani saylovda faol ishtirok etishga chaqiraman.

Majidxon Islomov, “Urgut sanoat-servis” xususiy korxonasi direktori:

– Yangi O‘zbekistonni inson iqtidori, qadri ulug‘lanayotgan mamlakat, deb bemalol ayta olaman. Ayniqsa, Urgutda islohotlar kirib bormagan biror xonadon yo‘q. Bugun Urgut erkin iqtisodiy zonasini dunyoning boshqa mintaqalarida ham bilishadi. Bizning oilamizda avval tadbirkor bo‘lmagan, men birinchiman. Hozir barchaga tadbirkor bo‘lish uchun teng imkoniyatlar yaratilgan. Men kuchli iqtisodiyot, yoshlar kelajagi Vatanimiz ravnaqi uchun ovoz beraman va barchani shunga chorlayman.

Otabek Sa’dullayev, Shavkat Akramov(surat), O‘zA