Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuchli armiya – tinchlik va farovonlik kafolati
17:44 / 2026-01-14

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida mamlakatimiz uchun muhim sana – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv yoshlar orasida vatanparvarlik hissini kuchaytirish, armiyamizga bo‘lgan hurmat va faxr tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir O‘zLiDeP tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Toshkent shahar Kengashi xodimlari, Mudofaa vazirligining mas’ul vakillari va faxriylari, shuningdek, litsey ofitserlari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

“Kuchli armiya – xavfsizlik va barqarorlik, xalqimizning farovon hayoti kafolatidir” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, suverenitet va hududiy yaxlitlikni himoya qilish, mudofaa salohiyatini mustahkamlash masalalari partiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.

Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarda harbiy xizmatga qiziqishni oshirish, Vatanga sadoqat va milliy armiyamiz fidoyilari mehnatiga chuqur ehtirom uyg‘otishga xizmat qilib, kelajak avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim qadam bo‘ldi.  

N.Rahmonova, O‘zA