Kuch va mahorat bellashuvi
FOTOREPORTAJ
Qarshi shahrida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa maqsadi yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish orqali sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, xususan, qo‘l jangi sport turi bo‘yicha yangi chempionlarni kashf etish va mahoratini oshirishdan iboratdir.
[gallery-12961]
Shiddatli va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tgan musobaqada o‘z vazn toifalari bo‘yicha yosh sportchilarning eng saralari sovrinli o‘rinlarga ega chiqdi.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA