Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuch tuzilmalari yosh harbiy xizmatchilari shaxmatda bellashdi
16:03 / 2024-03-21

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi bilan Kuch tuzilmalarining yosh harbiy xizmatchi va xodimlari, Ichki ishlar vazirligining Namangan akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida shaxmatning blis yo‘nalishi bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi.

[gallery-16544]

Turnirining yakuniy natijalariga ko‘ra, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimasi katta leytenanti Gulhayyo Shokarimova birinchi, Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qism vakili Jasurbek Jumaniyozov ikkinchi hamda ushbu harbiy qism  leytenanti Murod Ravshanov uchinchi o‘rinni egalladi.

Faxrli o‘rin sohiblariga hamkor tashkilotlar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA