FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati Kengashi tasarrufidagi Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tuman o‘quv sport-texnika klubiga qarashli kartodromda karting poygasi bo‘yicha O‘zbekiston ochiq kubogi final musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada Xorazm, Buxoro, Sirdaryo, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri jamoalari bilan birga, Rossiya va tojikistonlik sportchilar qatnashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Namangan viloyati sportchilari birinchi, Toshkent shahri jamoasi ikkinchi va Toshkent viloyati kartingchilari uchinchi o‘rinni egalladi.
[gallery-25724]
Taqdirlash marosimida “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari – Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bosh direktori A. Qurboniyozov, Namangan viloyati Kengashi raisi A. Alaxo‘jayev, hamkor tashkilotlar vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. G‘olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom, kubok va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA