Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kubok Namanganda qoldi
06:00 / 1970-01-01

Norin tumanida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Norin tumanida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi taekvondo ITF federatsiyasi hamda Norin tumani madaniyat va sport ishlari bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan uch yuz nafardan ziyod yosh sportchi yigirma vazn toifasida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Umumjamoa hisobida Namangan viloyati sportchilari birinchi, Toshkent va Andijon viloyatlari terma jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.