Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kubok g‘oliblari aniqlandi
15:42 / 2026-02-24

Namanganda yillik sport musobaqalari taqvim rejasiga asosan O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tomonidan yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sportning pnevmatik quroldan o‘q otish va para o‘q otish turlari bo‘yicha viloyat hokimi kubogi uchun musobaqaning ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

Namangan shahar o‘quv sport texnika maskaniga qarashli “O‘q otish” majmuasida kechgan ushbu musobaqada shahar va tumanlar jamoalari tarkibida 115 nafar sportchi o‘zaro kuch sinashdi.  

Qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tgan ikkinchi bosqich bahslari yakunlariga ko‘ra, viloyat  texnik va amaliy sport turlari markazi jamoasi eng yuqori natijani qayd etdi. Namangan shahridagi 1-sonli o‘quv sport texnika maskani jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi pog‘onadan esa, To‘raqo‘rg‘on tumani “O‘STM” jamoasi joy oldi.

Musobaqaning taqdirlash marosimida “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi raisi Ahmadjon A’loxo‘jayev g‘oliblarga diplom va medallarni topshirdi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA