Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida “NBU CUP” kubogi uchun musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada vazirliklar, idoralar, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari, professional va havaskor sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqa ishtirokchilari Olimpiya o‘yinlari turkumidan joy olgan tennis sport turi bo‘yicha o‘zaro raqobatlashdi. Mazkur turnirda 32 nafar ishtirokchi o‘zaro juftlik hosil qilgan holda g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
[gallery-517]
“O‘zmilliybank” kubogi uchun o‘tgan musobaqada Furqat Karimov va Yorqin Zoirov tandemi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Valeriy Tyan va Vladislav Shegay juftligi ikkinchi, Muhsin Ashurov va Artur Maurer duyeti esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Turnir yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, Almurad Mamadaminov (surat), O‘zA