Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kubanichbek Taabaldiyev: Buxorodagi saylovchilarning faolligini yuqori baholadi
14:56 / 2019-12-22

Qirgʻizistonning “Kabar” milliy axborot agentligi Bosh direktori Kubanichbek Taabaldiyev Buxoroda saylov jarayonlari bilan tanishdi.


Qirgʻizistonning “Kabar” milliy axborot agentligi Bosh direktori Kubanichbek Taabaldiyev Buxoroda saylov jarayonlari bilan tanishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga boʻlib oʻtayotgan saylovlarni kuzatish maqsadida mamlakatimizda kelgan xalqaro kuzatuvchi – Qirgʻizistonning “Kabar” milliy axborot agentligi Bosh direktori Kubanichbek Taabaldiyev Buxoroda boʻldi.

U dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov oʻtkazuvchi 23 -Buxoro saylov okrugiga tashrif buyurdi. Xalqaro kuzatuvchi okrug faoliyati, uning saylov uchastkalari faoliyatini muvofiqlashtirish borasida olib borgan ishlari bilan tanishdi.

3 (2).jpg

“Kabar” Bosh direktori Buxoro tibbiyot kolleji binosida joylashgan 31-, Buxoro neft va gaz kollejida faoliyat koʻrsatayotgan 27- hamda Buxoro viloyat yuridik kollejida tashkil etilgan 50-saylov uchastkalarida ham boʻldi. U saylovlarning demokratik tamoyillar asosida oʻtishini taʼminlanishi, ovoz beruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Siyosiy partiyalar va yangi institut – mahalla fuqarolar yigʻinlari kuzatuvchilari bilan muloqotda boʻlib, oʻzini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Xalqaro kuzatuvchi saylovchilarning faolligini yuqori baholadi.