Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kubada samolyotlar uchun yoqilg‘i tanqisligi boshlandi (+video)
20:05 / 2026-02-10

Kubaga uchadigan xalqaro aviakompaniyalar parvozlarni bekor qilmoqda. Sababi, Gavana aeroportida samolyotlarni yoqilg‘i bilan ta’minlash imkoniyati yo‘q, deb xabar bermoqda Evronews.

AQSH Kubaga nisbatan neft embargosini kuchaytirmoqda. Kuba yoqilg‘ini Venesueladan import qilar edi. AQSH va Venesuela munosabatlari Kuba iqtisodiyotiga qattiq ta’sir qilmoqda.

Kubaliklar esa mavjud sharoitga moslashish yo‘llarini izlayapti. Yoqilg‘i tanqisligi tufayli Kubada turizm sohasi uchun juda muhim bo‘lgan uzoq masofali reyslar jadvali buzilgan. Air Canada aviakompaniyasi esa Kubaga parvozlarni butunlay to‘xtatdi.

Kubaliklar bir marta, faqat 20 litr yoqilg‘ini va uni ham faqat dollarga sotib olishlari mumkin. Jamoat transporti katta uzilishlar bilan ishlamoqda, ko‘plab avtobuslar umuman harakatdan to‘xtagan.

Mahalliy aholi favqulodda vaziyatga moslashishga harakat qilmoqda. Masalan, velosiped yoki shunga o‘xshash yoqilg‘isiz transport vositalaridan foydalanishga o‘tmoqda.

Dushanba kuni Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Kubaga yordam yuborishini va neft yetkazib berishni tiklash uchun barcha diplomatik imkoniyatlarni ishga solishini ma’lum qildi.

Yoqilg‘i tanqisligi mamlakatdagi banklarning ish vaqti qisqarishiga, ayrim madaniy tadbirlar bekor qilinishiga, hatto Kubada beysbol mavsumini qisqartirishga ham olib keldi.

Hukumat neft importisiz yashash uchun qattiq chora-tadbirlar e’lon qildi. Ular ichida mehmonxona infratuzilmasini qisqartirish ham bor. Shu bois, mamlakatdagi bir qator mehmonxonalar, asosan Varadero va shimoliy hududlardagi mehmonxonalar shoshilinch tarzda yopilib, sayyohlar boshqa joylarga ko‘chirilgan.

<iframe width="448" height="797" src="https://www.youtube.com/embed/cI2y0s90c-0" title="Kubada samolyotlar uchun yoqilg`i tanqisligi boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA