Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kubada motam e’lon qilindi
16:31 / 2022-07-09

Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes Angola davlatining sobiq rahbari Joze Eduardu dush Santushning o‘limi munosabati bilan mamlakatda motam holatini joriy etdi. Bu haqda Kuba Kommunistik partisi nashri – “Granma” axborot tarqatdi.

Bir vaqtlar ushbu Afrika mamlakatini boshqargan siyosatchi Ispaniyadagi kasalxonalardan birida uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etdi. 

"1979-2017 yillar davomida Angola Respublikasini boshqargan va shu davr mobaynida davlatimiz bilan tarixiy iliq munosabatni saqlab kelgan sobiq Prezident Joze Eduardu dush Santushning qazosi tufayli Kuba Respublikasi Prezidenti 9 iyul kuni mamlakatda 6.00 dan yarim tungcha rasman motam e’lon qildi", - xabar beradi nashr.

Qayd etilishicha, shu vaqt oralig‘ida barcha davlat tashkilotlarida, harbiy muassasalarda bayroqlar tushirilgan.

“Renascensa” radiosi xabariga qaraganda, Angolaning 79 yoshli sobiq prezidentining sog‘ligida jiddiy muammolar bo‘lgan. Oxirgi kunlarda holati keskin yomonlashgach,  23 iyunda u shifoxonaga yotqizilgan.

Joze Eduardu dush Santush Angola yetakchisi sifatida 38 yil ishlagan. 2017 yil sentyabrida davlat rahbarligi uchun navbatdagi saylovda ishtirok etishni rad etib, Prezidentlikdan ketgan. Dush Santush dunyo tarixida, Buyuk Britaniya va Tailand monarxlarini hisobga olmaganda, yurt tepasida eng ko‘p muddat o‘tirgan rahbarlar orasida 2-o‘rinni egallaydi. Bu borada Ekvatorial Gvineya Prezidenti Teodor Obiang Ngema Mbasogo atigi bir yarim oy ustunlik bilan peshqadam.


G‘.Xonnazarov,O‘zA