Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuba tashqi ishlar vaziri AQSHni boshqa davlat ichki ishiga aralashuvda aybladi
16:20 / 2022-01-11

AQSHning Nikaragua hukumati rasmiylariga nisbatan joriy qilgan yangi sanksiyalari Lotin Amerikasidagi mazkur davlatning ichki ishiga aralashuv hisoblanadi, deb yozadi Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilya “Twitter”da.

Mahkama rahbarining aytishicha, Kuba hukumati Vashingtonning bir tomonlama harakatlarini qoralaydi.

Bundan tashqari, u Gavana Nikaragua hukumati va xalqi bilan birdamligini tasdiqlagan.

Avvalroq “Emol” agentligi AQSH Nikaraguaning olti nafar yuqori martabali rasmiysiga, jumladan, mudofaa vaziriga iqtisodiy sanksiyalar qo‘llagani bo‘yicha ma’lumot tarqatgandi.