English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuala-Lumpurda Farg‘ona savdo-logistika markazi
14:09 / 2026-01-26

Ushbu markaz Farg‘ona viloyati korxonalari uchun Janubi-Sharqiy Osiyo bozoriga chiqishda muhim maydondir.

Uning ishga tushirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda  O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Favqulodda va muxtor yelchisi Karomiddin Gadoyev va Farg‘ona viloyati tadbirkorlar delegatsiyasi ishtirok etdi.

Endi savdo-logistika markazida Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarilayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari namoyish etiladi. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqish, eksport hajmlarini oshirish hamda O‘zbekiston va Malayziya tadbirkorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA