Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kross va sportcha yurish bo‘yicha qashqadaryolik atletlarga teng keladigani topilmadi
10:26 / 2024-03-05

Chirchiq shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport klubiga qarashli “Alpomish” sport majmuasida yengil atletikaning kross va sportcha yurish yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur chempionatda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 200 nafarga yaqin atletlar o‘zaro kuch sinashdi. Sportcha yurish bo‘yicha 20 km masofadagi bahslarda Rasul Dilmurodov (Qashqadaryo viloyati) 1:23:59 natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Daler Isanov marraga ikkinchi, Nurmuhammad Qo‘ldoshev esa uchinchi bo‘lib yetib keldi. Ushbu masofa bo‘yicha raqobatlashgan xotin-qizlar o‘rtasida Diana Yafasova, Nilufar Usmonova hamda Asila Toshova shohsupaga ko‘tarildi.  

Shuningdek, musobaqa davomida kross bo‘yicha ham turli yosh toifalarida mamlakat chempionlari aniqlandi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, ikki yo‘nalish bo‘yicha 5 oltin, 4 kumush va bronza jamg‘argan Qashqadaryo viloyati jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Shuningdek, Toshkent viloyati atletlari 4 tadan oltin hamda kumush va 6 bronza bilan ikkinchi, Surxondaryo viloyati terma jamoasi esa 4 tadan oltin va kumush, 2 bronza medaliga ega chiqqan holda uchinchi o‘rindan joy oldi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA