Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kross va sportcha yurish bo‘yicha mamlakat chempionati qizg‘in o‘tmoqda
09:50 / 2024-03-04

Chirchiq shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport klubiga qarashli “Alpomish” sport majmuasida yengil atletikaning kross va sportcha yurish yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.

Musobaqaning ilk kunida barcha yosh toifalarida turli masofalarga kross bo‘yicha bahslar o‘tkazildi, shuningdek,14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida 3 kilometr masofaga sportcha yurishda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi  

 

Kross musobaqasida  Daler Ne’matullayev, Behruz Shavkatov,  Qobiljon Rahmatov, Madiyor Aslonov, Bekzod Boymatov, Ochilbek G‘aybullayev, Munavvar Xolto‘rayeva, Charos Jo‘rayeva, Sadafbonu Nusratullayeva, Oyzira Jo‘raqulova, Alina Hakimova turli masofa va yosh toifalarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.  

Shuningdek, 3 km masofaga sportcha yurish bahslarida “U14” yo‘nalishida Gavhar Murodova hamda Ochilbek G‘aybullayev marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi va mamlakat chempioniga aylandi.  

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA