English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kross musobaqasida g‘oliblar aniqlandi
20:39 / 2021-02-01

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani markazida kross musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning ochilish marosimida tuman hokimi R.Shamuratov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R.Mamutov so‘zga chiqib, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtalishdi.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida har bir oila, mahalla, shahar va tumanda, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi.

To‘rtko‘l tuman hokimligi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqada 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom turmush tarafdorlari ishtirok etdi. 

Musobaqa yakunida xotin-qizlar o‘rtasida Shahlo Ilyasova birinchi, Dinora Qabuljanova ikkinchi, Roza Islomboyeva uchinchi, erkaklar o‘rtasida O‘tkir Masharipov birinchi, Shokir Allayarov ikkinchi, Shuhrat Kazakov uchinchi o‘rinlarni egalladilar.

G‘oliblar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA