Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kronavirusga qarshi emlanganlar soni 430 ming nafardan oshdi
09:26 / 2021-04-20

19 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo‘ylab jami 27 591 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi.

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 430 727 nafarga yetdi.

19 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

Farg‘ona viloyati (4320 nafar), Samarqand viloyati (3971 nafar), Namangan viloyati (3313 nafar) band qildi.

E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

Farg‘ona viloyatida 62849 nafar, Andijon viloyatida 45182 nafar, Namangan viloyatida 43977 nafar, Samarqand viloyatida 40149 nafarni tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi