Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Krishtianu Ronaldudan yana bir rekord
17:42 / 2025-12-28

Ayni damda Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida faoliyat olib borayotgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu yana bir rekordni qayd etdi.

Aniqrog‘i, Ronaldu XXI asrda Yevropaning eng kuchli beshta chempionatida o‘tkazilgan o‘yinlarda eng ko‘p - 75 ming 927 daqiqa harakat qilgan futbolchi sifatida tarixiy natijaga erishdi. Ikkinchi pog‘onadan esa ispaniyalik Serxio Ramos joy olgan bo‘lib, u Yevropaning top-5 ligalarida jami 70 ming 461 daqiqa vaqt sarflagan. Uchinchi o‘rin esa «Barselona» va «PSJ» safida o‘ynagan argentinalik Lionel Messiga nasib etgan — 70 ming 022 daqiqa.

Yevropaning eng kuchli beshta chempionati doirasida XXI asrda eng ko‘p daqiqa o‘ynagan futbolchilarning top-5 reytingi quyidagicha:

1. Krishtianu Ronaldu — 75 ming 927 daqiqa;
2. Serxio Ramos — 70 ming 461 daqiqa;
3. Lionel Messi — 70 ming 022 daqiqa;
4. Raul Albiol — 63 ming 541 daqiqa;
5. Dani Alves — 63 ming 066 daqiqa.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA