Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Krishtianu Ronaldu – dunyoda eng ko‘p daromad olgan futbolchi
14:33 / 2025-10-17

Yaqinda tarixda ilk bor umumiy boyligi bir milliard dollardan oshgan futbolchi sifatida tan olingan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu yana bir yo‘nalishda dunyoda tengsiz bo‘ldi.

"Forbes" jurnali ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2025 yilda dunyoda eng ko‘p daromad olgan futbolchi deb topilgan.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu 2025/26 yilgi mavsumda "An-Nasr" safida 230 million dollar ishlab topadi. Bu summa futbolchining maoshi hamda klub bilan tuzilgan tijoriy kelishuvlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u homiylik shartnomalari orqali yana 50 million dollar miqdorida qo‘shimcha daromad ko‘radi.

Shu tariqa, 40 yoshli portugaliyalik yulduzning yillik umumiy daromadi 280 million dollarga yetdi. Bu natija Ronalduni dunyoda eng ko‘p pul ishlaydigan futbolchi sifatida reytingning birinchi pog‘onasiga olib chiqdi.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni AQSHning “Inter Mayami” klubi hujumchisi, argentinalik Lionel Messi 130 million dollar bilan egalladi. Kuchli uchlikni esa Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi a’zosi, fransiyalik Karim Benzema 104 million dollar bilan yakunlab berdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA