Krishtianu Ronaldu 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi
Italiyaning Turin shahri jamoasi “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards talqini boʻyicha 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Mazkur sovrin uchun kurashda u Antuan Grizmann va Kilian Mbappeni ortda qoldirdi
Italiyaning Turin shahri jamoasi “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards talqini boʻyicha 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Mazkur sovrin uchun kurashda u Antuan Grizmann va Kilian Mbappeni ortda qoldirdi.
“Mazkur sovrinni qoʻlga kiritish men uchun ulkan sharaf. Bunga yordam bergan barchaga minnatdorlik bildiraman. 2018 yil qiyin kechganiga qaramay, koʻplab yutuqlarga erishdim, shu jumladan, Yevropa chempionlar ligasi sohibiga aylandim.
Shu sababli oʻtgan yil men uchun ajoyib tarzda oʻtdi, deya olaman. Yangi yilda “Yuventus” bilan koʻplab sovrinlarga ega chiqishni xohlayman. Menga yangi marralarni zabt etish yoqadi”, – dedi Ronaldu.
Eslatib oʻtamiz, Ronaldu joriy mavsumda “Yuventus” tarkibida 19 oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.