Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kriptovalyuta va naqd bo‘lmagan pullarning o‘zaro aloqasi hamda ularni farqlash masalalari
14:12 / 2023-05-12

Alisher Ramazanovich PO‘LATOV mustaqil izlanuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, O‘zbekiston alisherbek23@gmail.com

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Maqolada kriptovalyutaning noyob ob’ekt sifatida pul mablag‘larining naqd va naqdsiz muomalasi mazmuniga mos kelishi yoki kelmasligi tahlil qilingan. Milliy va xorijiy tajriba asosida kriptovalyutaning huquqiy maqomi, uni naqd yoki naqd bo‘lmagan pulga xos xususiyatlari, o‘zaro farqi qiyosiy-huquqiy o‘rganilgan. O‘tkazilgan tahlillar asosida “mamlakatimizda kriptovalyutani pul o‘rindoshi deb tasniflash maqsadga muvofiq emas”, degan fikr ilgari surilgan.

Tayanch so‘zlar: raqamli mulk, raqamli ob’ektlar, kriptovalyuta, blokcheyn texnologiyalar, raqamlashtirish, naqd pul, pul operatsiyasi.