Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kripto valyuta kelajagi AQSHga bog‘liqmi?
14:18 / 2025-11-13

Xalqaro moliya tizimiga kriptovalyuta, bitkoin, blokcheyn texnologiyalari kabi atamalar kirib kelganiga ancha vaqt bo‘ldi. Ba’zan matbuotda ayrim mamlakatlar ushbu jarayonni qonuniylashtirgani, kripto birjalar allaqachon faoliyat yuritayotgani haqida ham o‘qib qolamiz. Binobarin, kripto valyuta kelajak moliyaviy muomalasida asosiy vositaga aylanadi, deyishga hali biroz erta, deb hisoblaydiganlar ham ko‘p. Bunday qarashga birinchi bo‘lib AQSH hukumati barham bermoqchi.

– Mamlakat  kripto valyutani kelajakning moliyaviy tizimi, deb biladi va ushbu vosita mamlakat tashqarisida emas, balki AQSHning o‘zida rivojlanishini ta’minlash niyatida, – deydi Amerika Prezidenti tomonidan sun’iy intellekt va kripto valyuta sohasidagi siyosat uchun mas’ul etib tayinlangan investor Devid Saks. – Oxir-oqibat, biz bitkoin va kripto valyuta ishga tushirilishi hayotiy haqiqat ekanini ko‘ryapmiz. Bu hodisa aynan Qo‘shma Shtatlarda sodir bo‘lishini xohlaymiz, chunki jarayon chegaradan chiqib ketishini xohlamaymiz. Aslida Bayden ma’muriyati davrida kuzatilgan bu yangilik offshorga, boshqa mamlakatlarga olib chiqib ketilgan. Biz moliyaviy inqilobni AQSHda sodir bo‘lishini istaymiz.

Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan kripto valyutani rivojlantirish va blokcheyn texnologiyasini joriy etishga bag‘ishlangan “Bitcoin-2025” konferensiyasida so‘zga chiqqan Saks qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar sun’iy intellekt va kripto valyuta sanoatiga “quvvat” berish uchun energiya ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirishi kerak. Tramp siyosati esa qazib oluvchi sanoat, jumladan neft va gazni rag‘batlantirish, shuningdek energetika infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

Что происходит с рынком, когда Tramp пishет в твиттере: 7 ярких примеров |  РБК Инвестиции

O‘z navbatida, Prezident Donald Tramp mamlakat uchun strategik kripto valyuta zaxirasini yaratish to‘g‘risidagi farmonni e’lon qilib, ijtimoiy tarmoq sahifasida yangi kripto valyuta zaxirasi “Cardano” (ADA), “Solana” (SOL), “Ripple” (XRP) kabi valyutalarni o‘z ichiga olishini ta’kidladi.

– Qo‘shma Shtatlarning strategik kripto valyuta zaxirasi Bayden ma’muriyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan ko‘p yillik korrupsiya holatidan so‘ng asosiy sanoatni yuksaltiradi, – deb yozdi Tramp. – Shuning uchun raqamli aktivlar bo‘yicha farmoyish Prezident ishchi guruhini XRPSOL va ADA shaklidagi strategik kripto valyuta zaxirasini yaratishga yo‘naltiradi.

U Qo‘shma Shtatlarni “dunyo kripto valyuta poytaxti”ga aylantirish maqsadini oshkor qildi.

Tramp avval ham bir necha bor raqamli valyutani qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. 2024 yil noyabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozonishidan oldin ham respublikachi da’vogar AQSHni kripto valyutaning “jahon poytaxti”ga aylantirishga va’da bergan: iyul oyida saylovda g‘alaba qozonsa, bitkoinning milliy strategik zaxirasini yaratish niyatini aytgan, saylov oldi tadbirlaridan birida bitkoin bilan to‘lov amalga oshirgan AQSH tarixidagi birinchi prezidentga aylangandi.

Кuрс bitkoinа резко uпал

Bitkoin joriy qilish g‘oyasini o‘z vaqtida Nyu-York meri Erik Adams ham qo‘llab quvvatlagan. Hokim matbuot vakillariga bergan intervyusida shahar hokimiyati aholiga bitkoin yordamida maosh olish va kommunal xizmat uchun haq to‘lash imkonini berishiga urg‘u bergandi.

– Shaharda biz qilishimiz mumkin bo‘lgan ba’zi ishlar bor, – degan u. – Biz hech qanday tartibga muhtoj emasmiz. Odamlarga kommunal to‘lovni bitkoin bilan to‘lash, shuningdek bitkoinda ish haqi olishga ruxsat berishimiz mumkin. Shu ishlarni amalga oshira boshlaymiz. Shahar hokimiyati bitkoindan foydalanish bilan bog‘liq ehtimoliy holatlarni o‘z darajasida baholaydi, keyin shtat va federal hukumatlar bilan hamkorlik boshlaydi.

Nyu-York meri Bitkoindan kundalik hayotda ko‘proq foydalanishga umid qilmoqda. Uning ta’kidlashicha, bitkoin kundalik hayotda, jumladan qahva sotib olishda o‘sishi mumkin.

– O‘ylaymizki, odamlarga kommunal to‘lovni bitkoinda to‘lashga ruxsat berganimizdan so‘ng haqiqiy harakatni ko‘ramiz. Zero, oddiy shaharliklar elektron vadyutadan foydalanishni me’yoriga keltiradi.

Криптоvalyuta в SША: даже мэр Nyu-Yorkа полuчает зарплатu в bitkoinах -  FesenkoLaw.com

Adams ta’kidlashicha, hokimiyatning vazifasi metropoliya aholisi kriptovalyuta sanoati nimani anglatishidan qo‘rqmasligiga ishonch hosil qilishdir.

– Aholi qo‘rqmasligining eng yaxshi yo‘li kripto valyutani kundalik turmushga kiritishga imkon berish, – deya qo‘shimcha qildi hokim. – Toki, men suv uchun ham, bir finjon qahva uchun ham bitkoin bilan to‘lay olay.

Bundan tashqari Nyu-York hukumati bolalarga ham kripto valyutadan foydalanishni o‘rgatish rejasini tuzgan. Ma’lum qilinishicha, shahar hokimiyati maktabda bolalarga kripto valyutadan foydalanishni o‘rgata boshlaydi. Mas’ullar bu juda muhim, deb hisoblamoqda.

– Biz maktablarda ham tegishli jarayonni yo‘lga qo‘ymoqchimiz, – dedi u kripto valyutani qo‘llash bo‘yicha aholi kengroq ta’lim olishi zarurligi haqidagi fikrini izohlarkan.

S.Rahimov, O‘zA