Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 32 mahallada dolzarb tadbirlar boshlandi (+video)
16:20 / 2026-03-04

Davlatimiz rahbarining 27-yanvardagi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida poytaxtda keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 32 ta mahallada 30 kunlik dolzarb tadbirlar boshlandi.

2 ming 772 videokuzatuv kamerasini o‘rnatish rejalashtirilib, ishlar amalda boshlab yuborildi. 38 ming 970 ob’ektni qo‘riqlovga olish belgilanib, 15,5 mingdan ortig‘i qo‘riqlovga olindi.

 105 ming 918 nafar aholini “Mening inspektorim” ilovasiga jalb qilish rejalashtirilgan.

Maktablar, yirik savdo komplekslari va bozorlarda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Birinchi bosqichda 32 mahalla, ikkinchi bosqichda yana 50  mahalla to‘liq raqamlashtirilib, jinoyat va huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantiriladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/TMRLW6fldj4" title="Poytaxtda kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 32  mahallada  dolzarb tadbirlar boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Abduraimova, Yo.Meliboyev (video), O‘zA