Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kriket: Yuksak g‘alabalar mustahkam poydevordan boshlanadi
12:21 / 2025-08-25

Mamlakatimizda olimpiya va paralimpiya sport turlarining ommaviyligini ta’minlash, iqtidorli yosh sportchilarni tayyorlash, xalqaro maydonda yangi g‘alabalarga erishish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18 avgust kuni Toshkent shahrida qurib bitkazilgan "Olimpiya shaharchasi"ga tashrifi chog‘ida mazkur maskan kelgusida mamlakat sport sohasining ilmiy, amaliy va ta’lim markaziga aylanishi asnosida Olimpiya o‘yinlari tizimidan joy olgan natijador sport turlarini ko‘paytirishga xizmat qilishini ta’kidlangan edi.

Shu ma’noda, bugungi kunda dunyoda ommaviyligi jihatdan futboldan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan kriket sport turining yurtimizdagi taraqqiyotini ta’minlashda O‘zbekiston kriket federatsiyasi tomonidan izchil ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

O‘tgan haftaning so‘nggi kunlarida O‘zbekiston kriket federatsiyasiga kelgan Osiyo kriket kengashi vakillari mamlakatimizda kriket sport turi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud sport inshootlari, poytaxtimizda joylashgan kriket akademiyasi va Qibray tumanidagi kriket stadionida shug‘ullanayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

[gallery-24931]

Kuni kecha Osiyo kriket kengashi vakillari - Singapur kriket assotsiatsiyasi prezidenti Mahmud G‘aznaviy, Birlashgan Arab Amiriliklari kriket kengashi bosh operatsion direktori Subhan Ahmad, mamlakatimiz kriket federatsiyasi prezidenti Aziz Mixliyev, murabbiy-mutaxassislar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Muhokamalar davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, o‘zbekistonlik kriketchilarning nufuzli musobaqalarda, xususan, Osiyo va yozgi Olimpiya o‘yinlarida, qit’a va jahon chempionatlarida, xalqaro turnirlarda ishtiroki, seminarlar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, kriket jihozlari kabi bir qator mavzular tahlil etildi.

Mehmonlar mamlakatimizda faoliyatini boshlagan "Olimpiya shaharchasi" infratuzilmasi kriket rivojiga ham salmoqli ta’sir ko‘rsatishini, o‘zbekistonlik kriketchilarning texnik-taktik mahorati yildan-yilga o‘sib borayotganini bildirishdi.

Ayniqsa, O‘zbekiston kriket federatsiyasi to‘laqonli ish olib borayotgani, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kriket fakulteti faoliyat boshlagani yuksak g‘alabalar yo‘lida munosib poydevor qo‘yilayotganidan darak beradi.

T.Ro‘ziyev,  

A.Mamadaminov (surat)

O‘zA