Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kriket sport turi nogironlar o‘rtasida ham rivojlanadi
11:40 / 2022-10-20

O‘zbekiston kriket federatsiyasi va O‘zbekiston Nogironlar jamiyati markaziy boshqaruvi o‘rtasida memorandum imzolandi. Maqsad – kriket sport turini keng aholi qatlami, xususan, imkoniyati cheklangan insonlar orasida ham ommaviylashtirish.

Ushbu memorandumni O‘zbekiston Nogironlar jamiyati markaziy boshqaruvi raisi Komil Abdullayev hamda O‘zbekiston kriket federatsiyasi bosh kotibi Jahongir Murodov imzoladi.

Kelishuvga muvofiq tomonlar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: O‘zbekiston Nogironlar jamiyatining “Biz ahil jamoamiz”, “Para kriketchi nogironligi bo‘lgan sportchilar zaxirasi bizning oramizda” tashabbuslarii moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanadi.  

Bundan tashqari, kriket o‘yini bilan muntazam shug‘ullanayotgan nogiron yoshlarni aniqlab, ular o‘rtasida turli musobaqalar – respublika birinchiliklari va chempionatlari tashkil etish, kriket sport turini rivojlantirishda tashkilotlarga tegishli bo‘lgan sport zallaridan beg‘araz foydalanish kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.  

Ilhom RAHMONOV. O‘zA