Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kriket: O‘zbekistonlik mutaxassislar xalqaro seminarda ishtirok etdi
11:36 / 2025-12-25

Afg‘onistonda Xalqaro kriket kengashi (ICC) vakili rahbarligida o‘tkazilgan xalqaro seminarda Osiyo mintaqasining bir qator davlatlaridan kriket mutaxassislari qatorida o‘zbekistonlik kriket ustalari ham ishtirok etdi.

Seminarda o‘yinlarni tashkil etish, nazorat qilish, uning sifatini oshirish kabi mavzular qamrab olindi.

Aytish lozim, yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan kriket sport turini mamlakatimizda rivojlantirish, milliy terma jamoalarni shakllantirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Afg‘onistonning Qobul shahrida tashkil etilgan ikki kunlik hakamlik o‘quv seminari davomida O‘zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliyev Afg‘oniston kriket kengashi raisi Mirvais Ashraf bilan ushbu sport turini har tomonlama rivojlantirish borasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Milliy va xalqaro musobaqalar uchun malakali hakamlarni tayyorlashga bag‘ishlangan seminar yakunida ishtirokchilar imtihon asosida maxsus sertifikatlarga ega bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA