Kreditdan to‘g‘ri foydalanib, daromadini oshirayotgan Marhabo (+video)
Marhabo Orifjonova Namangan viloyati Davlatobod tumanida yashaydi. U davlatimiz rahbarining joriy yil 14 fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida imtiyozli kredit olib o‘z tadbirkorligini boshladi.
Marhabo kiyim-kechak tikib bozorlarga tarqatadi. O‘zi kabi 10 nafar yoshlarni ham ish bilan ta’minlagan. Uning qayd etishicha, bundan yaxshigina daromad olib, hozirda imkoniyatlarini yanada kengaytirish rejalarini ko‘rmoqda.
Bu yoshlarimizning imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalansa, qanchalik katta natijalarga erishishi mumkinligidan dalolatdir.
Qahramonimiz bilan intervyuning to‘liq shaklini mazkur videohavola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LcW-mqmjrJA" title="Kreditdan to‘g‘ri foydalanib, daromadini oshirayotgan Marhabo" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (monaj), O‘zA