English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kredit to‘lovlarida muammoga duch kelyapsizmi?
12:09 / 2022-10-29

Markaziy bank axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz to‘lovidan tashqari qo‘shimcha to‘lovlar hisobiga kreditning haqiqatdagi narxi yuqori bo‘layotganligi kabi masalalar yuzasidan munosabat bildirdi.

Axborotga ko‘ra, qarz oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida kreditlar bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdori qarz oluvchi jismoniy shaxslarning o‘rtacha oylik daromadi miqdoriga bo‘lgan nisbati 50 foizdan belgilangan.

Barcha kredit (mikroqarz)lari bo‘yicha hisoblanadigan kunlik foiz stavkasi 0,3 foizdan, kredit (mikroqarz) bo‘yicha hisoblangan foizlar, vositachilik haqi, penya va boshqa to‘lovlar miqdori yillik qarz summasining yarmidan oshib ketmasligi belgilangan.

Shuningdek, Markaziy bank iste’molchilarga kredit so‘rab bankka murojaat etishda tashkilotning rasmiy veb-sayti orqali kredit turi, shartlari, bank xizmat haqi miqdori va boshqa ma’lumotlar, shu jumladan, kredit bo‘yicha axborot varaqasi bilan batafsil tanishib chiqishni tavsiya qiladi.

Bundan tashqari, tushunmagan ma’lumotlar bo‘yicha bankning koll-markazi yoki bank muassasasiga tashrif buyurgan holda bank xodimlaridan qiziqtirgan savollaringizga javob olish va yakunda bank xizmatidan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilishga chaqiradi.

O‘zA