Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kredit qarzlari undirilmoqda
14:37 / 2023-12-30

Buxoro viloyati prokuraturasida muammoli kredit qarzdorliklarini undirish borasidagi ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat prokuraturasi, IIB, MIB, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti,  Markaziy bank hamda tijorat banklarining mas’ul rahbarlari hamda muammoli kredit qarzdorligi bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari qatnashdi.

Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar borasida mas’ul xodimlarning izohlari eshitildi. Muammoli kreditlar salmog‘ini qisqartirish borasidagi ishlarni samarali tashkil qilish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Ma’lumot uchun: joriy yilning o‘tgan davrida viloyat prokuratura organlarining aralashuvi bilan muammoli kreditlarning 155,9 milliard so‘mi undirildi. Jiddiy qonunbuzarliklar yuzasidan 76 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovda zararning undirilishi ta’minlanmoqda.

 

Zarif Komilov,

O‘zA muxbiri