English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kredit qarzi uchun “Malibu-2” auksionda sotildi
14:42 / 2024-09-18

Angor tumanida yashaydigan Asror Soipov (ism-sharif o‘zgartirildi) tijorat bankidan olgan kredit mablag‘i uchun “Malibu-2” rusumli avtomashinasini garovga qo‘yadi. Biroq, kreditni to‘lay olmay, bank oldida qarzdor bo‘lib qoladi.

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati Angor tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Asror Soipovning 276 million 477 ming so‘m kredit qarzdorligi uchun garovga qo‘yilgan “Malibu-2” rusumli avtomashinasiga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi. Reyd tadbirlari chog‘ida garovdagi yengil mashina tuman hududidan topilib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga olib kelinadi. Davlat ijrochisi Sayyora Tojiyeva qarzdor fuqaroga ixtiyoriy muddat berib, auksion savdolariga chiqarilishi haqida rasman ogohlantiradi. 

Qarzdorlikni ixtiyoriy muddatda bartaraf etmagach, 2018 yilda ishlab chiqarilgan “Malibu-2” rusumli avtomashina auksion savdosida 225 million 528 ming so‘mga sotilib, qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirildi. 

Davlat ijrochilari viloyatda yuzaga kelgan qarzdorliklarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni davom ettirmoqda. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri