Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi
09:29 / 2022-03-25

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Jumladan, “A” (erkak) ismli shaxs fuqaroni   ishontirib, 3 million so‘m evaziga tanishlari orqali bank  filialidan “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi bo‘yicha jami 33 million so‘m kredit mablag‘ini olib berishini va’da qiladi. Bank filiali binosi oldida ariza muallifidan 3 million so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan hamda kimyoviy ishlov berilgan pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA