Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kredit mablag‘ini va garovdagi mulkni o‘zlashtirgan firibgarlar fosh etildi
14:50 / 2022-08-03

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan bank filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.Sh.” MCHJ rahbari I.M. va boshqalar rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali tuman hududidagi tokzorni qayta rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan 280 mln. so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Marhamat tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.A. “A.A.” dehqon xo‘jaligiga tegishli kredit evaziga garovga qo‘yilgan “EW 140S” rusumli ekskavatorni 50 000 AQSH dollariga sotib, o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA