Kredit mablag‘ini o‘zlashtirganlarga jinoiy ish ochildi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Natijada “I.T.” va “A.L.” MCHJlar rahbari fuqaro I.K. chorvachilik faoliyatini rivojlantirish uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 4,2 milliard so‘m kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan chorva mollarini sotib yuborib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri