Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kreativ yosh tadbirkor” — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni
19:42 / 2026-02-27

Prezident topshiriqlari – amalda

Namangan shahrida joylashgan  Ichki ishlar vazirligi akademik litseyida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan “Kreativ yosh tadbirkor” loyihasi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilmurod Ortiqov ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur muloqot yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ertamiz egalarining qonunchilik jarayonlariga qiziqishini kuchaytirish, qolaversa, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqotida mutaxassislikka yo‘naltirish, bandlikni ta’minlash va ijtimoiy faollikni oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgani mazkur tadbirlar ahamiyatini yanada oshiradi.

Ochiq muloqot davomida deputat o‘quvchilar bilan parlament faoliyati, qonun ijodkorligi jarayoni, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida atroflicha suhbatlashdi.

Uchrashuvda yoshlar o‘z savollariga javob olib, mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etish, tashabbuslar bilan chiqish va loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Darhaqat, O’zLiDeP partiya tashkilotlari faoliyati doirasida o‘tkazilayotgan bunday amaliy muloqotlar yosh avlod vakillarining siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA