Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘zlagan marrasi aniq, parvozi baland yoshlar
19:50 / 2022-03-02

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 5 nafar talabasi 2021/2022-o‘quv yili uchun bir qator stipendiyalariga sazovor bo‘lgan edi.

Universitetning magistratura bosqichi talabasi Malika Rahimova “Xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, bakalavriat bosqichining 4-kurs talabalari Raximquliyeva Gulasal O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, Mirjamalova Sevara, Xurramova Nilufar va Bo‘riyev Abdulhamid O‘zbekiston Respublikasi Ibn Sino nomli davlat stipendiyasiga sazovar bo‘lgan.

Universitet madaniyat saroyida ana shu sportchi-talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori, professor M. Boltabayev, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi R. Dastirov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K. Bayazitov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor I. Ahmedov, stipendiya sohiblari va ularning ota-onalari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda talabalar qatnashdi.

Tadbir avvalida universitet rektori, professor M. Boltabayev so‘zga chiqib besh nafar stipendiya egalarini tabrikladi hamda tantanali ravishda stipendiya guvohnomalarini topshirdi.

Shu qatorda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi R. Dastirov ham bugungi tadbir qahramonlarini erishgan yutuqlari bilan muborakbod etdi. Shundan so‘ng, qalblarida kechayotgan kechinmalari bilan o‘rtoqlashish, bundan qanchalik g‘urur va iftixor tuyganlarini bilish maqsadida stipendiya sohiblari, ular bilan birga ota-onalariga ham so‘z berildi. So‘zga chiqqan ota-onalar sevinch ko‘z yoshlarini yashira olmadi. Bu kabi nomdor stipendiyalarga erishishni maqsad qilgan boshqa talabalar ham tengdoshlarini qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan qutlash uchun so‘zga chiqdi.

Tadbir yakunida stipendiya egalariga fakultet dekanlari va kafedra mudirlari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zDJTSU axborat xizmati, 

O‘zA