O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati tizimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda mamlakatimizdagi 77 ming 954 nafar ko‘zi ojizlarning 61 ming 75 nafari jamiyat hisobiga olingan. Jami ishlovchi ko‘zi ojizlar soni – 2855 nafar. Shundan 1101 nafari jamiyat korxonalarida, 545 nafari jamiyat tizimida va 1 ming 209 nafari tizimdan tashqari turli tashkilotlarda faoliyat yuritmoqda.
[gallery-10923]
Ko‘zi ojizlar jamiyatining tashkil topganiga joriy yilda 90 yil to‘ladi. O‘tgan yillar mobaynida jamiyat faoliyatini rivojlantirish, ko‘zi ojizlar turmushini yuksaltirishga oid qaror va farmonlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. Tizim tasarrufida ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi.
Tadbirda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy, tibbiy yordam ko‘rsatish, oilaviy holatini yaxshilash, ularning ish faoliyati ko‘lamini kengaytiruvchi shart-sharoitlar xususida ham ma’lumotlar berildi.
Gulnoza Boboyeva, Nosirjon Haydarov(surat), O‘zA