Xalqimizda “Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukr qil”, degan maqol bejiz aytilmagan. Atrofimizda shunday matonat sohiblari borki, ularning hayot yo‘li biz uchun ibrat.
Bugungi kunda dunyoda 2 milliarddan ortiq inson ko‘rish nuqsoni bilan yashaydi. Shularning 50 millioni ko‘rish imkoniyatidan butunlay mahrum.
Xususan, mamlakatimizda 70 mingdan ortiq ko‘zi ojiz iroda sohiblari istiqomat qiladi. Ularning ta’lim-tarbiya olishlari uchun zarur sharoitlar yaratib kelinmoqda.
Ko‘zi ojiz insonlar Brayl alifbosi asosida savod chiqarishadi. Ushbu alifbo fransiyalik Lui Brayl tomonidan 1825 yilda ishlab chiqilgan. Bu yil ushbu olamshumul tarixiy voqeaga roppa-rosa 200 yil bo‘ldi.
Mana shu yillar davomida qanchalab ko‘zi ojiz insonlar Brayl alifbosi orqali xat-savodini chiqarib kelmoqda. Ammo ba’zida ayrim ota-onalarda farzandim savodini qanday chiqaradi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Ushbu savolga javob topish maqsadida Toshkent shahridagi 77-sonli “Nurli maskan”da bo‘ldik.
Ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning Brayl alifbosini o‘rganish jarayonlari va ustozlar fikri bilan qiziqdik.
Lavhaning to‘liq shaklini O‘zAning YouTube kanali orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6yWmmLDJH_c" title="Ko‘zi ojiz bolalar Brayl alifbosini qanday o‘rganadi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sherbek Islomov,
Doniyor Yoqubov (video), Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA