Ko‘za kunda emas...
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Sarmijon” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “N.O.J.” xususiy korxonasiga qarashli AYOQSHda “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda sotilayotgan AI-92 markali avtobenzin hamda dizel yonilg‘isidan namunalar olingan. Laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob qilinib, 74,5 million so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Shuningdek, ushbu AYOQSHdagi yoqilg‘i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan iste’molchilarga neft mahsulotlari sotilayotganligi ham aniqlanib, 52,6 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.