French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘za kunda emas...
16:46 / 2025-04-17

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Jumladan, J.A. ismli shaxs A. ismli fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlardan o‘tkazib, 800 AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qiladi. To‘rtko‘l tumani hududida  ushbu pullarni  firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining  tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.